VALYUTA BOZORI
120,000 so'm
Agar siz aksiyalar yoki obligatsiyalar savdosi uchun yo’nalish izlayotgan faol savdogar (treyder) bo'lsangiz, valyuta bozorini yengish qiyin. So'nggi o'n yillikda Internet-savdo yangiliklari uni texnologik va moliyaviy jihatdan ta’minladi. Ammo individual treyder sifatida valyuta bozoriga kirish faqat boshlanishdir. Formula-1 poyga avtomobili kalitlarini olganingiz Grand prida qatnashishga tayyor ekanligingizni anglatmaydi. Birinchidan, siz mashinaning qanday ishlashini tushunishingiz kerak. Keyin siz professionallar foydalanadigan ba'zi taktika va strategiyalarni aniqlab olishingiz kerak. Va keyin siz o'zingizning mahoratingizni, instinktlaringizni va taktikangizni rivojlantirib, rulga o'tirishingiz va mashq qilishingiz kerak. Valyuta bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun siz ham xuddi shunday qilishingiz kerak bo'ladi. Ushbu kitob sizga valyuta bozori faxriylarining tajribasi va mahorati to’g’risidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.
- Muallif: Uzscool Education
- Bo'limi: TRADING KITOBLAR
- Til: Uzbek tili
Bozorlarda valyuta savdosini kengaytirmoqchi bo'lgan tajribali savdogar bo'lasizmi yoki valyuta savdosi bo’yicha ish boshlashni istagan yangi treder bo'lasizmi, bu kitob aynan sizga kerakli manba bo’lib xizmat qiladi. Bu kitob eng qulay variantda ya’ni "Modellar uchun" shaklida taqdim etilgan. Tushunilishi oson bo'lgan qismlarga bo'lingan ushbu kitob sizning muammolaringizni bartaraf etish bo'yicha qo'llanma bo'lib xizmat qilishi mumkin.